Prokuratura toʻgʻrisida 13-modda. Prokurorlarni tayinlash va ularning hisobdorligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan xolda Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy organi tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadi va ular oldida hisobdordir. Viloyat prokurorlari va Toshkent shahri prokurori hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadilar, unga boʻysinadilar va uning oldida hisobdordirlar. Shahar, tuman prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadilar, yuqori pogʻonadagi prokurorlar va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysinadilar hamda ular oldida hisobdordirlar.