Prokuratura toʻgʻrisida 17-modda. Shaharlar va tumanlarning prokuraturalari

Shaharlar va tumanlarning prokuraturalariga, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar boshchilik qiladilar. Prokurorlarning oʻrinbosarlari, katta yordamchilari, yordamchilari boʻlishi mumkin. Prokuraturalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tayinlaydigan va lavozimdan ozod qiladigan katta tergovchilar va tergovchilar xizmat qiladilar.