Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari lavozimlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etilib, keyin Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy organi tomonidan ozod etiladi. Viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlari, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimdan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan ozod etiladilar. Ana shu prokurorlarni lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Prokuratura idoralari xodimlarini ragʻbatlantirish va ularning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.