Prokuratura toʻgʻrisida 28-modda. Prokuror amrnomasi

Qonun buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi amrnoma prokuror tomonidan ana shu qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan idora yoki mansabdor shaxsga, yohud yuqori idoraga yoki ana shu qonunbuzarlikni bartaraf etishga qodir mansabdor shaxsga yuboriladi. Qonun buzilganligi yaqqol koʻzga tashlangan hollarda va bu fuqarolar, davlat, korxona, muassasa, tashkilotning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlganda amrnoma kiritiladi. Amrnoma zudlik bilan bajarilib, bundan prokuror voqif etilishi lozim. Amrnomadagi talablarga norozi boʻlgan taqdirda idora yoki mansabdor shaxs bu amrnoma ustidan yuqori pogʻonadagi prokurorga shikoyat qilishi mumkin. Prokuror shikoyatni uch kunlik muddat ichida qarab chiqishi shart. Shikoyat amrnoma ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.