Prokuratura toʻgʻrisida 31-modda. Nazorat predmeti

Jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizalar va maʼlumotlarni qarab chiqish hamda hal etish va tekshiruvlar oʻtkazishning qonunlarda belgilangan protsessual tartibi, jinoyatchilikka qarshi kurash idoralari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashga qaratilgan boshqa qonunlarga ogʻishmay amal qilishlik — jinoyatchilikka qarshi kurash idoralarining qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat qilish predmetidir.