Surishtiruv va dastlabki tergov idoralari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirar ekan, prokuror oʻz vakolatlari doirasida: surishtiruv va dastlabki tergov idoralaridan tekshirish uchun jinoiy ishlarni, hujjatlarni, materiallarni, sodir etilgan jinoyatlarga, tezkor-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov ishining borishiga doir maʼlumotlarni talab qiladi; sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlarga doir arizalar va maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va hal etish toʻgʻrisidagi qonun talablari qay darajada ijro etilayotganligini oyida kamida bir marta tekshiradi; tergovchilar va surishtiruv oʻtkazuvchi shaxslarning gʻayriqonuniy hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi; jinoyatni tekshirish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilish, jinoyat kvalifikatsiyasini belgilash, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi; surishtiruv idoralariga jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlash, majburiy keltirish, qamoqqa olish, tintuv oʻtkazish, yashirilgan ashyolarni egasining taqdimiga koʻra olish, boshqa tergov harakatlarini bajarish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishni topshiradi, shuningdek prokuror yoki prokuratura tergovchisi qoʻlidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyatlar sodir etgan shaxslarni aniqlash toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi; surishtiruv va dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda har qanday ish yuzasidan shaxsan ayrim tergov harakatlarini yoki tekshiruv ishlarini toʻliq amalga oshiradi; tintuv oʻtkazishga, pochta-telegraf hujjatlariga arest solish va ularni olib ketishga, gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxsning telefonlar va boshqa soʻzlashuv apparatlari orqali olib borilayotgan suhbatlarini eshitib turishga, ayblanuvchini lavozimidan chetlatishga va qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchi hamda surishtiruv idorasiga boshqa xatti-harakatlar uchun ruxsat beradi; qonunda belgilangan hollarda va