Jinoiy va fuqarolik ishlariga doir sudning hukmlari, hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlariga nisbatan berilgan kassatsiya, xususiy va nazorat tartibidagi protest ish sudda koʻrib chiqilguniga qadar toʻldirilishi, oʻzgartirilishi yoki protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori pogʻonadagi prokuror tomonidan chaqirib olinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tuman prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ayblash fikrini tasdiqlagan prokurorlar jinoiy ishni ayblanuvchini sudga berishga qadar va prokuror tomonidan qoʻzgʻatilgan fuqarolik ishini sudda qarab chiqilishiga qadar chaqirib olish huquqiga egadirlar.