Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish vaqtida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, oʻz vakolatlari doirasida: ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazolarni oʻtash joylariga, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalar va voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda kirish hamda binolarning hamma joyi bilan tanishishga; shaxslarni ushlab turishga, qamoqqa olishga, shuningdek ularga nisbatan jinoiy jazo yoki boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari qoʻllashga asos boʻlgan hujjatlar bilan tanishishga; ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yoʻsindagi majburiy choralarini ijro etuvchi muassasalarda va voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida noqonuniy ravishda saqlab turilgan shaxslarni darhol ozod qilishga; basharti qamoqda saqlanayotgan, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo choralari qonunga muvofiq kelmasa, bu choralarni bekor qilishga, oʻz qarori bilan bunday shaxslarni intizomiy boʻlinmalardan darhol ozod qilishga; ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan shaxslarni ushlab turish, qamoqda saqlash, jazo va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham soʻrab-surishtirishga; ushlab turish, qamoqqa olish, jazo va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi organlar va muassasalar maʼmuriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, operativ-qidiruv tadbirlari qonunga qay darajada muvofiqligini tekshirish