Prokuror ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa maʼmuriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyatlar va arizalar bilan murojaat qilish huquqlari toʻgʻrisidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Tushgan shikoyat yoki arizani prokuror belgilangan muddatda koʻrib chiqadi, zarur chora-tadbirlar koʻradi va oʻz qarori haqida arizachiga maʼlum qiladi.
IV. PROKURATURA IDORALARINING XODIMLARI