Prokuror xodimlarning, prokuraturaga qarashli ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlari xizmatchilarining ish haqi mansab okladidan, mansab darajasi va koʻp yillik xizmati uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haqdan iborat boʻladi. Mansab darajalari berilgan shaxslar belgilangan normalar boʻyicha bepul kiyim-kechak bilan taʼminlanadilar. Prokuror xodimlariga davomiyligi 30 sutkadan iborat har yilgi taʼtil beriladi. Mansab darajalariga ega boʻlib, prokuratura idoralarida 10 yildan koʻp ish stajiga ega boʻlgan prokuratura xodimlariga: 10 kalendar yilidan keyin — 5 sutka, 20 kalendar yilidan keyin — 10 sutka, 25 kalendar yilidan keyin — 15 sutka davomiyligida haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi. Prokuror xodimlari xizmat guvohnomalarini koʻrsatib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida shahar atrofi va mahalliy yoʻnalishdagi jamoat transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga egalar; xizmat safariga borganlarida transportning barcha turlariga biletlarni va mehmonxonalarda joylarni oldindan band qilib qoʻyish va navbatsiz olish huquqidan foydalanadilar.
V. PROKURATURA IDORALARINI TAShKIL ETIShGA DOIR BOShQA MASALALAR