Emitentlar qimmatli qogʻozlarni mustaqil ravishda, shuningdek banklar va investitsiya vositachilari orqali joylashtirish huquqiga ega. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish quyidagi turlarda amalga oshirilishi mumkin: qimmatli qogʻozlarni xususiy yoʻsinda joylashtirish (oldindan maʼlum boʻlgan, soni cheklangan investorlar orasida yopiq obuna qilish, ommaviy eʼlon bermagan va reklama kampaniyasi oʻtkazmagan holda); qimmatli qogʻozlarni ommaviy joylashtirish (soni cheklanmagan investorlar orasida reklamadan foydalangan holda ochiq obuna qilish). Ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab oʻtilgan hollarning har biri uchun qimmatli qogʻozlar chiqarilishining eng kam yoki eng koʻp hajmi qonun hujjatlarida belgilanadi. Aksiyalarning ochiq obunasi qimmatli qogʻozlarning faqat birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozoridagina oʻtkaziladi. Banklar va investitsiya vositachilari emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishining joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olmagan holda emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni emitent nomidan sotish toʻgʻrisida emitentlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin. Joylashtirilayotgan qimmatli qogʻozlarning soni emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar sonidan ortiq boʻlmasligi kerak. Emitent emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning haqiqatda joylashtirilgan sonini ularning chiqarilishi yakunlari toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomada koʻrsatadi. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarilishi yakunlari toʻgʻrisidagi bildirishnomani taqdim etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Emitent chiqarilayotgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirishni emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida tugallashi shart. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni ommaviy joylashtirish emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilinganidan keyin kamida ikki hafta oʻtgach, amal