Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 21-modda. Investitsiya vositachisining (brokerining, dilerining) faoliyati

Vositachilik yoki topshiriq shartnomasi yoxud mijozning vositachisi yoki ishonchli vakili sifatida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni tuzish uchun berilgan ishonchnoma asosida ish olib boruvchi yuridik shaxs brokerdir. Mijozlarning bitimlar tuzish uchun brokerga berilgan qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari, shuningdek broker tomonidan shartnomalar asosida mijozlar bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha olingan qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari broker tegishincha Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida va bankda ochadigan (ochiladigan) alohida hisobvaraqda (hisobvaraqlarda) turishi kerak. Broker oʻziga mijozi tomonidan topshirilgan pul mablagʻlaridan, mijozga uning topshiriqlari koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari hisobidan bajarilishini yoki ular mijozning talabiga binoan qaytarilishini kafolatlagan holda oʻz manfaatlarini koʻzlab foydalanishga, agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, haqlidir. Brokerga pul mablagʻlaridan oʻz manfaatlarini koʻzlab foydalanish huquqini bergan mijozlarning pul mablagʻlari brokerga bunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablagʻlari turgan hisobvaraqdan (hisobvaraqlardan) alohida boʻlgan hisobvaraqda (hisobvaraqlarda) turishi kerak. Broker oʻz pul mablagʻlarini bu hisobvaraqqa (hisobvaraqlarga) oʻtkazishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul mablagʻlarini mijozlarga qaytarish va (yoki) mijozlarga qarz berish hollari bundan mustasno. Broker har bir mijozning pul mablagʻlari hisobini yuritishi, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni faqat mijozning topshirigʻiga binoan va u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishi, amalga oshirilgan bitimlar va operatsiyalar toʻgʻrisida unga hisobot berib borishi shart. Qimmatli qogʻozlarni sotib olish va (yoki) sotish narxini oshkora eʼlon qilish orqali ushbu qimmatli qogʻozlarni oʻzi eʼlon qilgan narxlarda sotib olish va (yoki) sotish majburiyati bilan oʻz nomidan hamda oʻz hisobidan qimmatli qogʻozlarga doir oldi-sotdi biti