Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 23-modda. Investitsiya fondining faoliyati

Investorlarning pul mablagʻlarini jalb qilish va ularni qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlarga, boshqa investitsiya aktivlariga, shuningdek banklardagi hisobvaraqlarga va omonatlarga qoʻyish maqsadida aksiyalar chiqaradigan yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir. Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga oʻzgartirilishga haqli emas. Investitsiya fondini qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun investitsiya fondiga berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish investitsiya fondining belgilangan tartibda tugatilishiga olib keladi.