Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 24-modda. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining faoliyati

Yuridik shaxsning — ishonchli boshqaruvchining unga egalik qilish uchun topshirilgan va boshqa shaxsga tegishli boʻlgan: qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan qimmatli qogʻozlarni; qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun moʻljallangan va investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan pul mablagʻlarini shu shaxsning yoki u koʻrsatgan shaxsning manfaatlarini koʻzlab, oʻz nomidan ishonchli boshqaruvni belgilangan muddat mobaynida amalga oshirishi investitsiya aktivlarini boshqarish boʻyicha faoliyatdir.