Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 28-modda. Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyati

Investorlarga vositachilarni jalb etmay turib savdoda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha faoliyatni buyurtmalar qabul qilish punktlaridan, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiruvchi yuridik shaxs (oʻz qimmatli qogʻozlarini birjadan tashqari savdoni tashkil etish orqali mustaqil ravishda realizatsiya qiluvchi qimmatli qogʻozlar mulkdori yoki qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqi egasi bundan mustasno) qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisidir. Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.