Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni depozitariylar amalga oshiradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Depozitariylar oʻz deponentlarining hisobvaraqlarida ularning Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidagi vakillik hisobvaraqlarida jamlab hisobga olib boriladigan hujjatsiz qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlari hisobini yuritadi, shuningdek hujjatli qimmatli qogʻozlarni saqlaydi va ularga boʻlgan huquqlarni hisobga oladi.