Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 32-modda. Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oluvchiga oʻtishi

Hujjatsiz qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oluvchiga uning depo hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi belgilangan tartibda kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depozitariy tomonidan beriladigan depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi. Egasining nomi yozilgan hujjatli qimmatli qogʻozga boʻlgan mulk huquqi oluvchiga qimmatli qogʻoz blankasiga belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi. Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oʻtgan paytdan eʼtiboran oluvchiga oʻtadi.