Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi hamda faoliyatini xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan amalga oshiradi. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.