Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 34-modda. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari

Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari quyidagilardan iborat: emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish, davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno; emissiyaviy hujjatsiz qimmatli qogʻozlarni saqlash, davlat emissiyaviy hujjatsiz qimmatli qogʻozlari bundan mustasno; markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi sifatida aksiyalar egalarining reyestrlarini va korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlarini yuritish; davlatning unga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qogʻozlarni boshqarish boʻyicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish; depozitariylarning vakillik hisobvaraqlarini yuritish; oʻzida saqlanayotgan birja savdosi va birjadan tashqari savdo ishtirokchilarining qimmatli qogʻozlari savdoga qoʻyilishidan oldin ularning mavjudligi hamda haqiqiyligini tasdiqlash; oʻzida saqlanayotgan qimmatli qogʻozlar savdoda tuzilgan bitimlar boʻyicha birja savdosi va birjadan tashqari savdo ishtirokchilariga yetkazib berilishini taʼminlash; emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno; Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish; Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish; investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish; Depozitariylar deponentlarining yagona bazasini yuritish; depozitariylarda depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlar (davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno) harakati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tizimlashtirish.