Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 39-modda. Emitentning axborotni oshkor qilishi

Emitent, davlat qimmatli qogʻozlari emitenti bundan mustasno, axborotni: qimmatli qogʻozlar emissiya risolasida; emitentning yilning har choragidagi va yillik hisobotida; emitentning faoliyatidagi muhim faktlar toʻgʻrisidagi xabarlarda oshkor qiladi. Qimmatli qogʻozlar emissiya risolasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: emitentning toʻliq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi), davlat statistikasi va soliq xizmati organlari tomonidan berilgan roʻyxatdan oʻtkazish va identifikatsiya raqamlari; oxirgi uch yildagi yoki, agar emitent faoliyatni uch yildan kamroq muddat mobaynida amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir tugallangan yil uchun buxgalteriya balanslari va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlar; faoliyatning asosiy yoʻnalishlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) turlari; mustaqil reyting bahosi, agar uning shunday bahosi boʻlsa, tegishli izohlari bilan; emitentning kuzatuv kengashi va ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar roʻyxati, emitent aksiyalarining ularga tegishli miqdori (ustav fondidagi ulushlari miqdori); emitent filiallari va vakolatxonalarining, shoʻba va tobe jamiyatlarining joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatilgan holdagi roʻyxati; emitent affillangan shaxslarining ularga tegishli aksiyalar miqdori va tiplari koʻrsatilgan roʻyxati; xodimlarning oxirgi uch yildagi oʻrtacha yillik soni; oxirgi uch yilda muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, ularning chiqarilish hajmi va maqsadi, ular boʻyicha hisoblangan va emitent tomonidan toʻlangan dividendlar (foizlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; oxirgi uch yilda emitentga nisbatan qoʻllanilgan sanksiyalar va emitent sudda javobgar yoki daʼvogar sifatida ishtirok etayotgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq qimmatli qogʻozlarni chiqarish va joylashtirish shartla