Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 41-modda. Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining axborotni oshkor qilishi

Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisi, qimmatli qogʻozlar mulkdori yoki qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulkiy huquq egasi bundan mustasno: savdoda bitimlar tuzish qoidalarini; savdoga qoʻyishga ruxsat berilgan qimmatli qogʻozlar roʻyxatini; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni oshkor qiladi. Savdo tashkilotchisi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining talabiga binoan investorlarning arizalarini, takliflarini va shikoyatlarini koʻrib chiqish yakunlari haqida axborot taqdim etadi.