Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 45-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida axborotning maxfiyligi

Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining mijozlari, ular hisobvaraqlarining holati va oʻtkazilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarning mazmuni (qimmatli qogʻozlarning nomi, soni, bahosi, bitim tuzilgan sana, vaqt, birja savdosi oʻtkazilgan hollarda esa savdoda ishtirok etgan shaxslar ham bundan mustasno) maxfiy axborot boʻladi. Maxfiy axborotga ega shaxslar bu axborotdan bitimlar tuzish uchun foydalanish, shuningdek uni bitimlar tuzish uchun boshqa shaxslarga berishga haqli emas. Maxfiy axborotdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan shaxslar bunday axborotni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.