Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 48-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish asoslari

Qimmatli qogʻozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish: qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni hamda birja faoliyatini litsenziyalash va (yoki) bunday faoliyatga nisbatan majburiy talablar belgilash; qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda chiqarish toʻgʻrisidagi qarorlarda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarga emitentlarning rioya etishlari ustidan nazorat qilish; qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi axborot qonun hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishini taʼminlash; qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazish; qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining faoliyati ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.