Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida 5-modda. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: emitentning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili); emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlangan sana; emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan emitent boshqaruv organining nomi; emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning nomi va ularning chiqarilish shakli; emissiyaviy qimmatli qogʻozlar egasining huquqlari; emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish shartlari; chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning soni; ilgari joylashtirilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning soni; emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham koʻrsatilishi mumkin. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qonun hujjatlariga va emitentning ustaviga muvofiq emitent boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi. Emitentning majburiyatlari bajarilishini garov, bank kafolati yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan qoʻshimcha taʼminlanadigan obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs toʻgʻrisidagi va taʼminot shartlari haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak. Bu holda obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs tomonidan ham imzolanishi kerak. Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan aksiyalarning emissiya risolasi aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarordir. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning bir nusxasi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida qoladi, bir nusxasi emitentga beriladi v