Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi: investorlarning, qimmatli qogʻozlar egalarining, davlatning manfaatlarini koʻzlab davlat boji toʻlamasdan sudda daʼvo qoʻzgʻatishga; qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchisining faoliyati toʻxtab qolishiga sabab boʻlmaydigan ayrim operatsiyalarini oʻz vakolatlari doirasida toʻxtatib turishga; davlat boshqaruvi organlaridan, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilaridan axborot va hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida soʻrash hamda olishga; qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni qoʻshib olib borish tartibini belgilashga haqli. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.