Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi: emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning hamda ulardagi maʼlumotlarning qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga nomuvofiqligi; emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibiga emitent tomonidan rioya etilmaganligi; qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yigʻimlarning toʻlanmaganligi; emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishni amalga oshirayotgan yuridik shaxsda ularni chiqarish huquqining yoʻqligi. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.