Raqobat toʻgʻrisida 12-modda. Tovarning monopol past narxi

Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va mazkur tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobat cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir. Mazkur moddaning talablari eksport narxlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tovarning monopol past narxi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.