Tovar yoki moliya bozoridagi xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining unga oʻz faoliyatini raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bogʻliq boʻlmagan holda amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, tegishli bozorga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ushbu boshqa subyektlarning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqedir. Tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb eʼtirof etiladi: agar xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud boʻlmasa; agar xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa; agar xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti deb eʼtirof etilsa; agar xoʻjalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan boʻlsa. Oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz ming baravaridan kamroqni tashkil etuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining (bundan tabiiy monopoliya subyektlari, mahsulotlarining narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar mustasno) tovar yoki moliya bozoridagi holati ustun mavqe deb eʼtirof etilmaydi. Xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeyi eʼtirof etilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda vakolatli davlat organi bu haqda ularga xabarnoma yuboradi, mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovarlariga nisbatan narxlar davlat tomonidan tartibga solingan taqdirda esa bu haqda narxni tartibga soluvchi organga ham xabar beradi. Tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar gu