Tabiiy monopoliya subyektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi. Tabiiy monopoliya subyektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) belgilash uchun tabiiy monopoliya subyektlari oʻz tovarlari narxlarining (tariflarining) loyihalarini hamda ular boʻyicha hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organga taqdim etadi. Tabiiy monopoliya subyektlari tovarlari narxlarining (tariflarining) loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan bir oylik muddatda koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organning tabiiy monopoliya subyektlari tovarlarining narxlari (tariflari) boʻyicha qarori tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan mazkur qaror kuchga kirguniga qadar oʻn besh kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalarida hamda oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi. Vakolatli davlat organi tabiiy monopoliya subyektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) tartibga solishda ishtirok etmaydi.