Raqobat toʻgʻrisida 20-modda. Raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar uchun javobgarlikdan ozod qilish

Raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakat ishtirokchisi boʻlgan, mazkur kelishuv yoki harakat sodir etilganligi haqida vakolatli davlat organiga birinchi boʻlib ixtiyoriy ravishda ariza bilan murojaat qilgan jismoniy shaxs, xoʻjalik yurituvchi subyekt, yuridik shaxslar birlashmasi tegishincha maʼmuriy va moliyaviy javobgarlikdan ozod qilinadi.