Raqobat toʻgʻrisida 25-modda. Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishi uchun oldindan rozilik olish tartibi

Davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) va (yoki) ularning faoliyat turini oʻzgartirishga, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishiga oldindan rozilik olish uchun tegishincha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar yoki ularning affillangan shaxslari vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qiladi. Vakolatli davlat organi davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) va (yoki) ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish masalasi yuzasidan ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oy muddatda qaror qabul qiladi. Agar vakolatli davlat organi tomonidan tovar yoki moliya bozorida xususiy tadbirkorlik subyektlari mavjud emasligining obyektiv sabablari aniqlanmagan boʻlsa, davlat ishtirokidagi korxonalarga, shuningdek ularning affillangan shaxslariga uch yil muddat mazkur tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi. Vakolatli davlat organi davlat ishtirokidagi korxonalarni va (yoki) ularning affillangan shaxslarini tashkil etishni (qayta tashkil etishni) va (yoki) ularning faoliyat turini oʻzgartirishni, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishini ushbu Qonun 24-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda rad etadi. Davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) va (yoki) ularning faoliyat turini oʻzgartirish, shuningdek ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinishi boʻyicha harakatlar tovar yoki moliya bozorida raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligini isbotlovchi dalillar va (yoki) hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, vakolatli davlat organi ushbu arizani qanoatlantirishi mumkin. Vakolatli davlat organi davlat ishtirokidagi korxonalarni yoki ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil eti