Savdolar boshlangʻich narxni pasaytirish yoki oshirish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin. Savdolarda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi: savdolarni oʻtkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish; savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish; savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda ishtirok etish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratish; savdolarga oid hujjatlarga va qoidalarga, shu jumladan eʼlonning matniga ishtirokchilar oʻrtasida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan talablarni kiritish; savdolarning oʻtkazilish jarayoniga va natijalariga taʼsir koʻrsatish; savdolarda talabning oʻzgarishiga, narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yolgʻon, asossiz maʼlumotlarni tarqatish; savdolarning operatorlari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari va (yoki) savdolar ishtirokchilari tomonidan raqobatga qarshi kelishuvlarni hamda muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish; elektron tarzda oʻtkaziladigan savdolarda narxlarning sunʼiy ravishda shakllantirilishiga olib keladigan narx algoritmidan, yaʼni tovarlar narxini oldindan belgilangan parametrlarga asosan monitoring qilish, hisob-kitob qilish, belgilash va nazorat qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy taʼminotdan foydalanish; savdolarda savdo shartlarini bir necha marta bajarmaslik natijasida tovarning narxlarini raqobat mavjud boʻlganda shakllangan narxlardan (talab, taklif yoki ishlar hajmidan) ancha oshirish; buyurtmachining yoki sotuvchining savdolar natijalariga koʻra shartnoma tuzishdan asossiz ravishda boʻyin tovlashi. Birja savdolarini oʻtkazish chogʻida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi: birja savdolarini oʻtkazish jarayoniga taʼsir koʻrsatadigan, s