Raqobat toʻgʻrisida 36-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar

Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagilardan iboratdir: vakolatli davlat organi; raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi haqida oʻziga nisbatan ish yuritilayotgan shaxs; raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish koʻrib chiqilishi munosabati bilan huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl qilinayotgan manfaatdor shaxslar; Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa koʻmaklashuvchi shaxslar ham ishtirok etishi mumkin. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berishga, dalillar taqdim etishga, iltimosnomalar kiritishga, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanishga haqli.