Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishni koʻrib chiqish keyinga qoldirilishi yoki toʻxtatib turilishi mumkin. Vakolatli davlat organi ishni koʻrib chiqishni keyinga qoldirish, toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisida tegishli ajrim chiqaradi, mazkur ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.