Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: davlat ishtirokidagi korxona — xoʻjalik faoliyatini amalga oshiradigan, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori 25 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, shuningdek oʻziga xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan davlat muassasasi; davlat ishtirokidagi korxonalarning affillangan shaxslari — ustav fondining (ustav kapitalining) 20 foizi va undan ortigʻi bevosita yoxud bilvosita davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar; insofsiz raqobat — xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega boʻlishga qaratilgan, qonunchilikka, ish muomalasi odatlariga zid boʻlgan hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoxud ularning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlari; isteʼmolchi — xoʻjalik yurituvchi subyektdan tovarni oluvchi, tovarga buyurtma beruvchi yoxud tovarni olish yoki unga buyurtma berish niyatida boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs; iqtisodiy konsentratsiya — xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozorida raqobatning holatiga taʼsir koʻrsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni bajarish; kamsituvchi shart-sharoitlar — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, isteʼmol qilish, olish, realizatsiya qilish yoki oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish shart-sharoitlari boʻlib, ular boshqa teng shart-sharoitlarda bitta yoki bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektni oʻzga xoʻjalik yurituvchi subyektga (raqobatchiga) nisbatan teng boʻlmagan holatga solib qoʻyadi; moliya bozori — banklar, kredit, sugʻurta va boshqa moliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining Oʻzbekiston Respubli