Reklama toʻgʻrisida 10-modda. Reklamaga oid faoliyat subyektlarining birlashmasi

Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan, reklamaga oid faoliyat subyektlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkiloti reklamaga oid faoliyat subyektlarining birlashmasidir. Reklamaga oid faoliyat subyektlarining birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasida halol raqobat va qonuniylikka rioya etish prinsiplariga asoslangan reklama bozorini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga, shuningdek reklamaga oid faoliyat subyektlarining kasbiy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashishga qaratilgandir. Reklamaga oid faoliyat subyektlarining birlashmasi: oʻz aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; reklamaga oid faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar bilan chiqadi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli takliflar kiritadi; marketing hamda reklamaga oid faoliyatni yuritishning yuksak axloqiy mezonlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha talablarni belgilaydigan qoidalar toʻplamidan iborat boʻlgan reklama amaliyoti kodekslarini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida, oʻzini oʻzi tartibga solish mexanizmlaridan foydalangan holda ishlab chiqadi va qabul qiladi; reklamaning aylanishi sohasidagi jamoatchilik monitoringiga va hisobga olishga doir tadbirlarni tashkil qilishda ishtirok etadi; vakolatli davlat organining soʻroviga koʻra reklamaning qonunchilik talablariga mosligi haqida xulosa va izohlar taqdim etadi; reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi; reklamaga oid faoliyat subyektlari birlashmasi aʼzolarining reyestrlarini yuritadi va ularni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi; zarur hollarda, reklamaning aylanishi sohasidagi ixtisoslashtirilgan tadbirlarni (koʻrgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar va boshqalarni) tashkil qiladi hamda ularda ishtirok etadi, shu jumladan xalqaro tadbirlarda ham ishtirok etadi. Reklamaga oid faoliyat subyektlarining birlashmasi qonunchilikka mu