Reklama toʻgʻrisida 16-modda. Reklamaga doir asosiy talablar

Nomaqbul reklamaga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar reklama beruvchi reklama qilinayotgan qiyoslash ishonchliligining faktik dalillarini taqdim etishi mumkin boʻlsa, agar bunda reklama foydalanuvchisini reklama chalgʻitib qoʻymasa va chalgʻitib qoʻyishi mumkin boʻlmasa, raqobatchining ishchanlik obroʻsiga yoki uning tovar belgisiga (xizmat koʻrsatish belgisiga), firma nomiga, tovariga yoki faoliyatiga putur yetkazmasa, qiyosiy reklamaga yoʻl qoʻyiladi. Reklamada quyidagilar taqiqlanadi: jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyiga qarab, boshqa holatlarga koʻra kamsitish yoki oʻzga shaxslarning tovarlarini badnom qilish; qonunchilikning buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan, fuqarolarning hayotiga yoki sogʻligʻiga va atrof-muhitga zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazishi mumkin boʻlgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga eʼtiborsiz boʻlishga undovchi harakatlarga daʼvat qilish; agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, boshqa tovar reklamasida qoʻllaniladigan yoki video va kino mahsulotlarida, shuningdek boshqa ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarida (mualliflik huquqi), efir yoki kabel orqali koʻrsatuvlar (eshittirishlar) beruvchi tashkilotlarning ijrolarida, fonogrammalarida foydalaniladigan umumiy yechimni, matnni, tasvirni, musiqali yoki ovozli effektlarni aynan takrorlash; jismoniy shaxsning nomidan yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish; pornografiya tusidagi axborotdan foydalanish; axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan chet el soʻzlari va iboralaridan foydalanish; tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan maʼqullanganligini koʻrsatish; tovar belgilari (xizmat koʻrsatish belgilari) reklama qilinishi taqiqlangan yoxud reklama qilinishiga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar belgilangan tovarning tovar belgilari (xizmat koʻrsatish belgilari) bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga ay