Reklama toʻgʻrisida 25-modda. Yer uchastkalaridagi, binolardagi hamda inshootlardagi tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) uchun reklama joyining pasporti

Yuridik yoki jismoniy shaxslar yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksion yakunlariga koʻra yer uchastkalaridagi reklama joyining pasportini oʻn yil muddatga, davlat mulki boʻlgan binolardagi va inshootlardagi reklama joyining pasportini esa besh yil muddatga olish huquqiga ega boʻladi. Yuridik yoki jismoniy shaxslar xususiylashtirilgan yer uchastkalaridagi, shuningdek xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlardagi reklama joyining pasportini xususiylashtirilgan yer uchastkalarining, binolarning hamda inshootlarning mulkdorlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida olish huquqiga ega boʻladi. Bunda reklama joyining pasporti ushbu shartnomalarda belgilangan muddatga beriladi, biroq bu muddat oʻn yildan oshishi mumkin emas. Tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) davlat mulki boʻlgan yer uchastkasiga oʻrnatish uchun reklama joyining pasporti egasiga tegishli yer uchastkasi ijara huquqi asosida beriladi, davlat mulki boʻlgan binoga yoki inshootga tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun esa reklama joyi pasportining egasi bilan ijara shartnomasi tuziladi. Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportida koʻrsatilgan, davlat mulki boʻlgan yer uchastkasidan, binodan yoki inshootdan vaqtinchalik foydalanish imkoni boʻlmagan taqdirda (yer uchastkasida qurilish ishlari olib borilishi, binolar hamda inshootlar rekonstruksiya qilinishi hamda taʼmirlanishi va boshqalar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining qaroriga koʻra reklama joyi pasportining egasiga tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) montaj qilganlik (oʻrnatganlik), demontaj qilganlik hamda koʻchirib oʻtkazganlik uchun kompensatsiya toʻlangan holda teng qimmatli joy beriladi, yer uchastkasi, bino yoki inshoot berilmagan taqdirda esa tashqi reklama hamda axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish va demontaj qilish, e