Reklama toʻgʻrisida 31-modda. Internet jahon axborot tarmogʻi vositasida tarqatiladigan reklama

Internet jahon axborot tarmogʻi vositasida tarqatiladigan reklama ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan reklamaga qoʻyiladigan asosiy talablarga, shu jumladan reklama beruvchi va reklama tarqatuvchi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan taqdirda reklamani tarqatishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi talabga muvofiq boʻlishi kerak. Qonunchilikda Internet jahon axborot tarmogʻining “UZ” domen zonasidagi axborot resurslarida reklamaning aylanishiga nisbatan qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.