Reklama toʻgʻrisida 41-modda. Pirotexnika vositalari, qurol va uning oʻq-dorilari, harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar reklamasi

Pirotexnika vositalarini, qurollarning barcha turlarini va uning oʻq-dorilarini, ularning tarkibiy qismlarini, portlovchi moddalarni va moslamalarni, texnikani, harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotni reklama qilish taqiqlanadi, bundan saqlash hamda foydalanishga ruxsat berilgan ov va sport qurollari mustasno. Ov va sport qurollarini reklama qilish faqat ixtisoslashtirilgan nashrlarda, shuningdek bevosita bunday qurolni realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarining xonalarida yoki tegishli koʻrgazmalarda (tadbirlarda) amalga oshiriladi. Ov va sport qurollari reklamasi: voyaga yetmaganlarga qaratilmagan boʻlishi; unda voyaga yetmaganlarning tasviridan foydalanilmagan boʻlishi kerak.