Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanilganda ushbu tadbir reklamasida fonogrammadan foydalanish darajasi toʻgʻrisidagi axborot keltirilishi kerak. Tashqi reklama orqali joylashtiriladigan konsert-tomosha tadbiri reklamasida fonogrammadan foydalanish darajasi toʻgʻrisidagi axborot umumiy reklama maydonining (sathining) kamida oʻn foizini tashkil etishi kerak. Konsert-tomosha tadbiri tashkilotchilari bevosita tomosha boshlanishidan oldin fonogrammadan foydalanilish darajasi toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan audioxabar tarqatilishini taʼminlaydi.