Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: aksilreklama — notoʻgʻri (insofsiz, bila turib yolgʻon) reklama keltirib chiqargan yoki keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlarni tugatish maqsadida tarqatiladigan raddiya; axloqsiz reklama — shaxslarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyiga daxldor boʻlgan haqoratli soʻzlar, tasvirlar hamda oʻxshatishlardan, haqorat qiluvchi tasvirlardan foydalanish orqali insoniylik va axloqning umumqabul qilingan normalarini buzuvchi, milliy yoki jahon madaniy boyligini tashkil etadigan sanʼat obyektlariga, tarixiy va arxitektura yodgorliklariga tajovuz qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarini (bayrogʻini, gerbini, madhiyasini), milliy valyutasini tahqirlovchi reklama; ijtimoiy axborot — tarqatilishi bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olishni maqsad qilib olmagan, nomuayyan shaxslar doirasiga yoʻnaltirilgan hamda xayriya va sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, energetika resurslarini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholini ijtimoiy himoya qilish va uning xavfsizligi, maʼnaviyat va maʼrifat, jamiyat va davlat manfaatlarini taʼminlash sohalarida ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan axborot, shuningdek notijorat xususiyatidagi boshqa axborot; nomaqbul reklama — notoʻgʻri, axloqsiz, yashirin reklama, shuningdek ushbu Qonun talablariga mos kelmaydigan boshqa reklama; notoʻgʻri (insofsiz, bila turib yolgʻon) reklama — noaniqligi, bir xil maʼnoli boʻlmaganligi, boʻrttirib yuborilishi, yashirib ketilishi, tarqatilish vaqti, joyi va usuliga nisbatan talablarning hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarning buzilishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalgʻitadigan yoki chalgʻitishi mumkin boʻlgan, yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek jamiyat hamda davlat manfaatlariga moddiy zarar va maʼnaviy ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan reklama; ragʻbatlantiruvchi aksiya — reklamadan foydalanuvchilarni muayya