Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi aeroportlar va aerovokzallar, temir yoʻl vokzallari hamda stansiyalarining rasmiy shaxslar va delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zallaridan tekin foydalanish huquqiga ega. Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi oʻz guvohnomasini koʻrsatganidan keyin temir yoʻl vokzallari va stansiyalarining chipta sotadigan kassalari, fuqaro aviatsiyasi agentligi yoki aeroportlar unga poyezd vagonidan, samolyot salonidan navbatsiz joy berishi shart. Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Markaziy saylov komissiyasining majlisiga borayotganda unga samolyot chiptasi parvozdan kamida ikki soat oldin, boshqa hollarda esa kamida bir sutka oldin beriladi.