Nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar organlari, nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin besh kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, saylovga olti kundan kam vaqt qolganida yoki ovoz berish kuni esa darhol koʻrib chiqilishi kerak. Shikoyat bergan shaxslar shikoyatni koʻrib chiqishda bevosita ishtirok etish huquqiga ega.