Partiya roʻyxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu roʻyxatdan quyidagi asoslarga koʻra chiqarilishi mumkin: 1) nomzodning oʻz xohishiga koʻra bergan arizasiga asosan; 2) nomzod ixtiyoriy ravishda siyosiy partiya aʼzoligidan chiqqan taqdirda; 3) ushbu Kodeksning 42-moddasida nazarda tutilgan tartibda nomzodlik maqomidan mahrum etilganda; 4) ushbu Kodeks 71-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan taqdirda; 5) nomzodning boshqa partiya roʻyxatida ham nomzodi koʻrsatilganligi aniqlanganda; 6) nomzod boshqa siyosiy partiyaning aʼzosi ekanligi aniqlanganda; 7) nomzod vafot etganda; 8) nomzodning bir mandatli saylov okrugidan ham nomzodi koʻrsatilganligi aniqlanganda.