Saylovchi saylov byulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida toʻldiradi. Saylov byulletenini toʻldirish chogʻida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda toʻldirish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi oʻz xohishiga koʻra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno. Saylovchi oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi, siyosiy partiyaning nomi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “ ” yoxud “x” belgisini qoʻyadi. Ovoz beruvchi toʻldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi. Buzib qoʻyilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʻra yangisiga almashtirilishi mumkin. Buzib qoʻyilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi (yuqori chap burchagini kesish yoʻli bilan) lozim va alohida saqlanadi.