Saylov kodeksi 61-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodga qoʻyiladigan talablar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yetti yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boʻlishi mumkin emas. Oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida oʻn yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi mumkin. Quyidagilar: qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar; diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyxatga olinmaydi.