Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyaning yuqori organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga bitta nomzod koʻrsatishi mumkin. Siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat oʻz partiyasi aʼzolari orasidan yoki partiyasizni nomzod etib koʻrsatishga vakolatlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. Siyosiy partiyaning rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni roʻyxatga olishni iltimos qilib Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: siyosiy partiya yuqori organining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori; siyosiy partiya yuqori organi majlisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi bayonnomasi, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaviyligi koʻrsatiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodning oʻz nomzodi ovozga qoʻyilishiga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi arizasi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo varaqalari. Siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarida Oʻzbekiston Respublikasi jami saylovchilari umumiy sonining kamida bir foizining imzosi boʻlishi kerak. Bunda siyosiy partiya bitta maʼmuriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) imzolar umumiy sonining koʻpi bilan sakkiz foizini toʻplashi mumkin. Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilga