Saylov kodeksi 83-modda. Senat aʼzolarining saylovi boʻyicha ovoz berish natijalarini aniqlash

Ovoz berish natijalariga koʻra boshqa nomzodlarga nisbatan koʻproq ovoz olgan Senat aʼzoligiga nomzodlar, basharti qoʻshma majlisda hozir boʻlgan mahalliy Kengashlar deputatlarining ellik foizidan koʻprogʻi ularni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan deb hisoblanadi.