Saylov kodeksi 92-1-modda. Mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlarni roʻyxatga olish

Hududiy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida, tuman va shahar saylov komissiyalari uchastka saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida tegishli mahalliy Kengashga saylangan deputatlarni roʻyxatga oladi. Deputat etib saylangan shaxslar tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran tegishli mahalliy Kengash deputati maqomiga ega boʻladi. Ushbu Kodeks 90-moddasining uchinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan, mahalliy Kengash deputati etib saylangan shaxslar tegishincha hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasiga deputatning maqomiga toʻgʻri kelmaydigan vazifalarni oʻz zimmasidan soqit qilganligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabar qilishi shart. Mahalliy Kengashlar deputatlariga tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun ichida guvohnoma va koʻkrak nishoni beriladi.